BUXORO VILOYaTIDA OIV INFEKSIYaSI BILAN KASALLANIShNING DEMOGRAFIK TAVSIFI

Mualliflar

  • Raxmatov Mustakim Buxoro viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi, Buxoro, O‘zbekiston
  • Buriev A.YA. Qarshi Davlat universiteti, Qarshi, O‘zbekiston
  • Umirov S.E. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Toshkent, O‘zbekiston
  • Nurullaeva M.SH. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Toshkent, O‘zbekiston
  • Atoeva M.A. Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro, O‘zbekiston
  • Raximova H.H. Buxoro viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi, Buxoro, O‘zbekiston
  • Boltaev L.Q. Buxoro viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi, Buxoro, O‘zbekiston
  • Hamroev I.B. Buxoro viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi, Buxoro, O‘zbekiston
  • Nurova Q.A. Buxoro viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi, Buxoro, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.62209/sewphc/art50125

Kalit sözlar:

OIV infeksiyasi, dinamikasi, jins-osh tarkibi, jadalligi, ulushi

Annotatsiya

Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) infeksiyasi tarqalishining o‘ziga xosligi, uning jadalligini belgilovchi demografik omillar o‘rganilishi va baholanishi zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalaridan biridir. Maqsad. OIV infeksiyasi bilan kasallanishning dinamikasini va demografik tarkibini baholash asosida tadbirlar samaradorligini oshirishdan iborat. Materiallar va usullar. Buxoro viloyatida OIV infeksiyasi bilan kasallanishning jadalligi, dinamikasi va jins-osh tarkibini aks ettiruvchi rasmiy ma’lumotlar. Ijtimoiy, epidemiologik va statistik usullar qo‘llanildi. Natijalar va ularning muhokamasi. Buxoro viloyatida 1999-2022 yillar mobaynida OIV infeksiyasi bilan kasallanishning o‘rtacha ko‘rsatkichi 5,5 dan (100 ming aholiga). 1999-2014 yillarda kasallanishning uzluksiz o‘sishi, 2015-2022 yillarda nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarda barqarorlashuv tendensiyasi kuzatilmoqda. 1999-2022 yillarda erkaklar kasallanishining o‘rtacha ko‘rsatkichi (6,9), umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichdan (5,5) 1,3 marta, ayollar o‘rtacha ko‘rsatkichidan (4,4) 1,6 marta yuqori. 2006-2022 yillar mobaynida viloyatda OIV infeksiyasi bilan 18 yoshgacha bolalar kasallanishining o‘rtacha ko‘rsatkichi 1,6 dan iborat. Kasallanishning tarkibida 18 yoshgacha bolalarning o‘rtacha ulushi 6,6% ni tashkil etadi. OIV infeksiyasi bilan 18 yoshgacha bolalar kasallanishining tarkibida 2007-2011 yillarda 0-3 va 4-6 yosh guruhidagilarning, 2012-2019 yillarda 7-14 yosh guruhidagilarning va 2020-2022 yillarda 15-17 yosh guruhidagilarning ulushi ustuvor. Xulosa. OIV infeksiyasi bilan kasallanishni boshqarishga qaratilgan tadbirlar epidemiologik nazorat tamoyiliga va epidemiologik tashxisot natijasiga asoslanishi lozim.

Yuklab olişlar

Naşr qilingan

2024-01-26

Maqoladan iqtibos keltiriş

Raxmatov, M., Buriev, A., Umirov, S., Nurullaeva, M., Atoeva, M., Raximova, H., … Nurova, Q. (2024). BUXORO VILOYaTIDA OIV INFEKSIYaSI BILAN KASALLANIShNING DEMOGRAFIK TAVSIFI. Özbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologiya Va Jamoat Salomatligi Xizmati Ilmiy-Amaliy Jurnali, 3(3-4). https://doi.org/10.62209/sewphc/art50125

Son

Bölim

Original maqolalar