YOSH AYOLLARDA BACHADON BO‘YNI SARATONINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA XAVF OMILLARI

Mualliflar

  • Yodgorov O‘tkirjon Abdulla o‘g‘li Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi
  • Ustamadalieva Durdona Axmedovna O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi

DOI:

https://doi.org/10.62209/sewphc/art50176

Kalit sözlar:

bachadon bo'yni saratoni, epidemiologiya, xavf omillari, HPV infeksiyasi, yosh ayollar, klinik-statistik tahlil, skrining, profilaktika

Annotatsiya

Mazkur maqolada yosh ayollarda bachadon boʻyni saratonining epidemiologik xususiyatlari hamda asosiy xavf omillari klinik-statistik jihatdan tahlil qilinadi. Bachadon bo`yni saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri boʻlib, ayniqsa reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligi uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Tadqiqot davomida kasallikning yosh guruhlari boʻyicha tarqalishi, asosiy etiologik omillar, jumladan, inson papilloma virusi (HPV) infeksiyasi, erta jinsiy hayot boshlanishi, koʻp sonli jinsiy hamkorlar, immun tizimining zaiflashuvi hamda skrining tekshiruvlarining yetarli darajada o‘tkazilmasligi kabi omillar tahlil qilindi. Klinik-statistik ma'lumotlar asosida kasallikning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar aniqlanib, erta diagnostika va profilaktikaning ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari yosh ayollarda bachadon bo`yni saratonini erta aniqlash, skrining dasturlarini takomillashtirish hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini koʻrsatadi.

Naşr qilingan

2025-05-03

Maqoladan iqtibos keltiriş

Yodgorov, O. A. o‘g‘li, & Ustamadalieva, D. A. (2025). YOSH AYOLLARDA BACHADON BO‘YNI SARATONINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA XAVF OMILLARI. Özbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologiya Va Jamoat Salomatligi Xizmati Ilmiy-Amaliy Jurnali, 1(1), 93–98. https://doi.org/10.62209/sewphc/art50176