YOSH AYOLLARDA BACHADON BO‘YNI SARATONINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA XAVF OMILLARI

Авторы

  • O'tkirjon Yodgorov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi
  • Durdona Ustamadalieva O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi

Аннотация

Mazkur maqolada yosh ayollarda bachadon bo‘yni saratonining epidemiologik xususiyatlari hamda asosiy xavf omillari klinik-statistik jihatdan tahlil qilinadi. Bachadon bo‘yni saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, ayniqsa reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligi uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Tadqiqot davomida kasallikning yosh guruhlari bo‘yicha tarqalishi, asosiy etiologik omillar, jumladan, inson papilloma virusi (HPV) infeksiyasi, erta jinsiy hayot boshlanishi, ko‘p sonli jinsiy hamkorlar, immun tizimining zaiflashuvi hamda skrining tekshiruvlarining yetarli darajada o‘tkazilmasligi kabi omillar tahlil qilindi. Klinik-statistik ma’lumotlar asosida kasallikning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanib, erta diagnostika va profilaktikaning ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari yosh ayollarda bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash, skrining dasturlarini takomillashtirish hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

Загрузки

Опубликован

2025-05-03

Как цитировать

Yodgorov, O., & Ustamadalieva, D. (2025). YOSH AYOLLARDA BACHADON BO‘YNI SARATONINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA XAVF OMILLARI. Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали , 1(1), 93–98. извлечено от https://jurnal.sanepidrc.uz/index.php/sanepid/article/view/179