YOSH AYOLLARDA BACHADON BO‘YNI SARATONINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA XAVF OMILLARI
Abstract
Mazkur maqolada yosh ayollarda bachadon bo‘yni saratonining epidemiologik xususiyatlari hamda asosiy xavf omillari klinik-statistik jihatdan tahlil qilinadi. Bachadon bo‘yni saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, ayniqsa reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligi uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Tadqiqot davomida kasallikning yosh guruhlari bo‘yicha tarqalishi, asosiy etiologik omillar, jumladan, inson papilloma virusi (HPV) infeksiyasi, erta jinsiy hayot boshlanishi, ko‘p sonli jinsiy hamkorlar, immun tizimining zaiflashuvi hamda skrining tekshiruvlarining yetarli darajada o‘tkazilmasligi kabi omillar tahlil qilindi. Klinik-statistik ma’lumotlar asosida kasallikning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanib, erta diagnostika va profilaktikaning ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari yosh ayollarda bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash, skrining dasturlarini takomillashtirish hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.Downloads
Published
2025-05-03
How to Cite
Yodgorov, O., & Ustamadalieva, D. (2025). YOSH AYOLLARDA BACHADON BO‘YNI SARATONINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA XAVF OMILLARI. Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати журнали , 1(1), 93–98. Retrieved from https://jurnal.sanepidrc.uz/index.php/sanepid/article/view/179
Issue
Section
Оригинал мақолалар
License
Copyright (c) 2026 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати журнали

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.