TOShKENT ShAHRI ATMOSFERA HAVOSI SIFATINI TAHLILI VA BAShORAT TIZIMI

Mualliflar

  • Raximov Baxodir Baxtiyor o‘g‘li "Toshkent Davlat tibbiyot universiteti "Toshkent Kimyo halqaro universiteti https://orcid.org/0000-0001-8283-9691
  • Raximova Mehrbonu Akrom qizi "Toshkent Davlat tibbiyot universiteti "Toshkent Kimyo halqaro universiteti

DOI:

https://doi.org/10.62209/sewphc/art50174

Kalit sözlar:

havo sifati indeksi (AQI), PM2.5, atmosfera monitoringi, ochiq ma’lumotlar, R dasturlash tili, Shiny, dashbord, gigiyena, ekologiya, Toshkent

Annotatsiya

Mazkur makolada 2022—2025 yillar davomida Toshkent shaxri atmosfera havosi sifatining dinamikasi ochiq ma’lumotlar portali (opendata.tashkent.uz) ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilingan. Tahlil uchun shahar hududida joylashgan 10 ta OXUS-WS avtomatik havo sifati monitoring stansiyalaridan 257 000 dan ziyod kuzatuv ma’lumoti ishlatilgan. Ma’lumotlar dasturlash tili yordamida statistik jihatdan tahlil qilinib, Shiny Dashborad formatida interaktiv vizualizatsiya ishlab chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, shaharning o‘rtacha Havo Sifati Indeksi (AQI) 84,1 ni tashkil etadi, Ulchovlarning «Urta” (52,6%), «Yaxshi” (20,3%) va «Zararli” (14,7%) kategoriyaga to‘g‘ri keladi. Olingan natijalar shahar muhitida havo ifloslanishining vakt va makon bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlarini ochib beradi hamda ekologik monitoringni raqamli texnologiyalar asosida tashkil etishning samaradorligini namoyish etadi. Tadqiqot natijalari aholi salomatligini muhofaza qilish, ekologik siyosatni shakllantirish va axborot-tahlil tizimlarini rivojlantirishda amaliy ahamiyatga ega

Naşr qilingan

2025-05-03

Maqoladan iqtibos keltiriş

Raximov, B. B. o‘g‘li, & Raximova, M. A. qizi. (2025). TOShKENT ShAHRI ATMOSFERA HAVOSI SIFATINI TAHLILI VA BAShORAT TIZIMI. Özbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologiya Va Jamoat Salomatligi Xizmati Ilmiy-Amaliy Jurnali, 1(1), 73–81. https://doi.org/10.62209/sewphc/art50174