YOSH AYOLLARDA BACHADON BO‘YNI SARATONINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA XAVF OMILLARI
DOI:
https://doi.org/10.62209/sewphc/art50176Kalit sözlar:
bachadon bo'yni saratoni, epidemiologiya, xavf omillari, HPV infeksiyasi, yosh ayollar, klinik-statistik tahlil, skrining, profilaktikaAnnotatsiya
Mazkur maqolada yosh ayollarda bachadon boʻyni saratonining epidemiologik xususiyatlari hamda asosiy xavf omillari klinik-statistik jihatdan tahlil qilinadi. Bachadon bo`yni saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri boʻlib, ayniqsa reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligi uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Tadqiqot davomida kasallikning yosh guruhlari boʻyicha tarqalishi, asosiy etiologik omillar, jumladan, inson papilloma virusi (HPV) infeksiyasi, erta jinsiy hayot boshlanishi, koʻp sonli jinsiy hamkorlar, immun tizimining zaiflashuvi hamda skrining tekshiruvlarining yetarli darajada o‘tkazilmasligi kabi omillar tahlil qilindi. Klinik-statistik ma'lumotlar asosida kasallikning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar aniqlanib, erta diagnostika va profilaktikaning ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari yosh ayollarda bachadon bo`yni saratonini erta aniqlash, skrining dasturlarini takomillashtirish hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini koʻrsatadi.
Yuklab olişlar
Naşr qilingan
Maqoladan iqtibos keltiriş
Son
Bölim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали

Uşbu material quyidagi litsenziya asosida tarqatiladi: Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.