TOShKENT ShAHRI ATMOSFERA HAVOSI SIFATINI TAHLILI VA BAShORAT TIZIMI
DOI:
https://doi.org/10.62209/sewphc/art50174Kalit sözlar:
havo sifati indeksi (AQI), PM2.5, atmosfera monitoringi, ochiq ma’lumotlar, R dasturlash tili, Shiny, dashbord, gigiyena, ekologiya, ToshkentAnnotatsiya
Mazkur makolada 2022—2025 yillar davomida Toshkent shaxri atmosfera havosi sifatining dinamikasi ochiq ma’lumotlar portali (opendata.tashkent.uz) ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilingan. Tahlil uchun shahar hududida joylashgan 10 ta OXUS-WS avtomatik havo sifati monitoring stansiyalaridan 257 000 dan ziyod kuzatuv ma’lumoti ishlatilgan. Ma’lumotlar dasturlash tili yordamida statistik jihatdan tahlil qilinib, Shiny Dashborad formatida interaktiv vizualizatsiya ishlab chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, shaharning o‘rtacha Havo Sifati Indeksi (AQI) 84,1 ni tashkil etadi, Ulchovlarning «Urta” (52,6%), «Yaxshi” (20,3%) va «Zararli” (14,7%) kategoriyaga to‘g‘ri keladi. Olingan natijalar shahar muhitida havo ifloslanishining vakt va makon bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlarini ochib beradi hamda ekologik monitoringni raqamli texnologiyalar asosida tashkil etishning samaradorligini namoyish etadi. Tadqiqot natijalari aholi salomatligini muhofaza qilish, ekologik siyosatni shakllantirish va axborot-tahlil tizimlarini rivojlantirishda amaliy ahamiyatga ega
Yuklab olişlar
Naşr qilingan
Maqoladan iqtibos keltiriş
Son
Bölim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали

Uşbu material quyidagi litsenziya asosida tarqatiladi: Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.