SURUNKALI BRUTSELLOZ BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA ANTIBIOTIK BILAN BOG‘LIQ IChAK DISBIOZINI ADYUVANT KORREKSIYaLASh

Mualliflar

  • Mirzajonova Dono Toshkent davlat tibbiyot universiteti; Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
  • Niyazova T.A. Toshkent davlat tibbiyot universiteti
  • Ernazarov X.X. Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi

DOI:

https://doi.org/10.62209/sewphc/art50173

Kalit sözlar:

surunkali brutsellyoz, ichak disbiozi, ichak mikrobiotasi, Baktisubtil, probiotik terapiya, antibakterial davolash

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda ikkilamchi surunkali brutsellyoz shakllari bilan ogʻrigan bemorlarda ichak mikrobiotasi tarkibidagi oʻzgarishlar oʻrganildi hamda qoʻshimcha probiotik korreksiyaning klinik samaradorligi baholandi. Surunkali brutsellyoz bilan kasallangan bemorlar klinik kuzatuv ostiga olinib, kombinatsiyalangan antibakterial terapiya davomida ularning ichak mikroflorasi holati tahlil qilindi. Ayniqsa, uzoq muddatli etiotrop davolash natijasida yuzaga keladigan dizbiotik oʻzgarishlarga alohida e'tibor qaratildi. Olingan natijalar shuni ko`rsatdiki, standart davolashga Baktisubtil preparatini qoʻshimcha kiritish klinik belgilar regressiyasining tezlashishiga hamda ichak mikrob muvozanatining tiklanishiga sezilarli darajada yordam berdi. Qoʻshimcha probiotik terapiya olgan bemorlarda asosiy klinik simptomlar ertaroq bartaraf boʻlgani kuzatildi, bu esa surunkali brutsellyozni kompleks davolashda ichak mikrobiotasini korreksiyalashning muhim ahamiyatini tasdiqlaydi. Aniqlangan farqlar statistik jihatdan ishonchli boʻldi (P<0,05).

Naşr qilingan

2025-05-03

Maqoladan iqtibos keltiriş

Mirzajonova, D., Niyazova, T., & Ernazarov, X. (2025). SURUNKALI BRUTSELLOZ BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA ANTIBIOTIK BILAN BOG‘LIQ IChAK DISBIOZINI ADYUVANT KORREKSIYaLASh. Özbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologiya Va Jamoat Salomatligi Xizmati Ilmiy-Amaliy Jurnali, 1(1), 47–55. https://doi.org/10.62209/sewphc/art50173