SURUNKALI BRUTSELLOZ BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA ANTIBIOTIK BILAN BOG‘LIQ ICHAK DISBIOZINI ADYUVANT KORREKSIYALASH
Abstract
Mazkur tadqiqotda birlamchi va ikkilamchi surunkali brutsellyoz shakllari bilan og‘rigan bemorlarda ichak mikrobiotasi tarkibidagi o‘zgarishlar o‘rganildi hamda qo‘shimcha probiotik korreksiyaning klinik samaradorligi baholandi. Surunkali brutsellyoz bilan kasallangan bemorlar klinik kuzatuv ostiga olinib, kombinatsiyalangan antibakterial terapiya davomida ularning ichak mikroflorasi holati tahlil qilindi. Ayniqsa, uzoq muddatli etiotrop davolash natijasida yuzaga keladigan dizbiotik o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, standart davolashga Baktisubtil preparatini qo‘shimcha kiritish klinik belgilar regressiyasining tezlashishiga hamda ichak mikrob muvozanatining tiklanishiga sezilarli darajada yordam berdi. Qo‘shimcha probiotik terapiya olgan bemorlarda asosiy klinik simptomlar ertaroq bartaraf bo‘lgani kuzatildi, bu esa surunkali brutsellyozni kompleks davolashda ichak mikrobiotasini korreksiyalashning muhim ahamiyatini tasdiqlaydi. Aniqlangan farqlar statistik jihatdan ishonchli bo‘ldi (p < 0,05).
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати журнали

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.