SIFATNI TASHQI BAHOLASH-BAKTERIOLOGIK LABORATORIYALARDA SIFATNI BOSHQARISH TIZIMI
DOI:
https://doi.org/10.62209/sewphc/art50148Kalit sözlar:
klinik-diagnostik laboratoriya, sifat nazorati, sifatni tashqi baholashAnnotatsiya
Laboratoriya diagnostikasida sifatni ta’minlash masalalari dunyo bo‘ylab dolzarb muammolar hisoblanadi. Sifatni nazorat qilish tizimi laboratoriya tadqiqotlarining barcha bosqichlarini standartlashtirish va laboratoriya sifatini ichki nazorat qilish va sifatni tashqi baholash natijalarini tahlil qilish tamoyillariga asoslanadi. Kasallikning oldini olish, nazorat qilish, parvarish qilish va davolashda ushbu komponentlar birgalikda qo‘llanilganda, tadqiqot sifatini va shunga mos ravishda sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlarini maksimal darajada oshirishi mumkin. Sifatni tashqi baholash (STB) atamasi laboratoriyadan tashqarida yoki individual foydalanuvchi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bilan solishtirish imkonini beruvchi usul/jarayonni tavsiflash uchun ishlatiladi. Ko‘p rivojlangan mamlakatlarda sifatni tashqi baholash dasturlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va asosan sog‘liqni saqlash tizimlari barcha darajadagi tibbiy yordam sifatini oshirishga hissa qo‘shishga yordam beradi.
Yuklab olişlar
Naşr qilingan
Maqoladan iqtibos keltiriş
Son
Bölim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали

Uşbu material quyidagi litsenziya asosida tarqatiladi: Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.