PERIMENOPAUZA DAVRIDAGI AYOLLARDA OSTEOPOROZ RIVOJLANISHINI SONODENSITOMETRIK TEKSHIRISH KO‘RSATKICHLARI

Mualliflar

  • Nazirova Muyassar Toshkent davlat tibbiyot universiteti
  • Sulaymanova Nodira Toshkent davlat tibbiyot universiteti

DOI:

https://doi.org/10.62209/sewphc/art50159

Kalit sözlar:

ultratovush densitometriyasi, osteoporoz, SMZ, T-mezon, son suyagi proksimal uchining sinishi

Annotatsiya

Sonodensitometriya – suyak to‘qimalarining zichligi va ularning sinish ehtimolini aniqlashga xizmat qiluvchi diagnostik usuldir. Ushbu usul yordamida suyaklarning umumiy zichligi, tuzilishi hamda yuza qatlamining qalinligi aniqlanadi. Mazkur tadqiqot 54 nafar son suyagi proksimal uchining sinishi bo‘lgan bemorlar ishtirokida o‘tkazildi. Shulardan 26 nafari asosiy guruhga, 28 nafari esa nazorat guruhiga mansub edi. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 34 bemorda son suyagi bo‘yinchasi, 20 bemorda esa ko‘ndalang sinishlar aniqlangan. Deyarli barcha holatlarda suyak deformatsiyasi va osteoporoz kuzatildi. Zararlangan tomon oyoq-qo‘llarida suyak mineral zichligi (SMZ) pasayishi 35–59 yosh oralig‘ida bo‘lgan bemorlarning 54,5 % (T-score va Z-score o‘rtacha = -1,9), 60–70 yosh oralig‘ida esa 80 % (T-score va Z-score o‘rtacha = -1,2) aniqlangan. Davolashdan oldin T-score va Z-score ko‘rsatkichlari (o‘rtacha = -1,9) 60–70 yoshdagi bemorlarning 80 % keskin pasaygani kuzatildi. Biz olib borgan tekshiruv va davolash ishlari natijasida asosiy guruhda T-score va Z-score ko‘rsatkichlari o‘rtacha 1,2 dan 1,8 gacha, nazorat guruhida esa 1,0 dan 1,2 gacha yaxshilanganligi kuzatildi. SMZni tiklash samaradorligi bemorning jismoniy faolligiga bog‘liq bo‘lib, bu ko‘rsatkich son bo‘g‘imining asta-sekin mashq qilish va bemorning yurish faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.

Yuklab olişlar

Naşr qilingan

2025-09-11

Maqoladan iqtibos keltiriş

Nazirova, M., & Sulaymanova, N. (2025). PERIMENOPAUZA DAVRIDAGI AYOLLARDA OSTEOPOROZ RIVOJLANISHINI SONODENSITOMETRIK TEKSHIRISH KO‘RSATKICHLARI. Özbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologiya Va Jamoat Salomatligi Xizmati Ilmiy-Amaliy Jurnali, (2), 90–96. https://doi.org/10.62209/sewphc/art50159