OIV-INFEKSIYASI BO‘YICHA MOLEKULYAR-EPIDEMIOLOGIK NAZORAT: ZAMONAVIY IMKONIYATLAR VA SOG`LIQNI SAQLASH TIZIMI UCHUN AHAMIYATI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.62209/sewphc/art50177

Kalit sözlar:

OIV-infeksiyasi, molekulyar-epidemiologik nazorat, filogenetik tahlil, yuqish klasterlari, dori-darmonlarga chidamlilik, CRF02_AG, A6 sub-subtipi

Annotatsiya

Dolzarbligi. Holatlarni ro`yxatga olish va bemorlarni so‘rovdan oʻtkazishga asoslangan klassik epidemiologik nazorat OIV-infeksiyasi epidemiyasining ichki dinamikasi va sirkulyatsiyadagi virus variantlari tuzilishini aks ettirmaydi. OIV genomini sekvenslash va filogenetik tahlilni rutin nazorat tizimiga integratsiya qiluvchi molekulyar-epidemiologik nazorat (MEN) ushbu bo`shliqni toʻldiradi. Maqsad. MEN metodologiyasi va amaliy ahamiyati haqidagi zamonaviy tasavvurlarni umumlashtirish hamda uni Oʻzbekiston Respublikasining OIV-infeksiyasiga qarshi milliy tizimiga joriy etish yoʻnalishlarini asoslash. Materiallar va usullar. Markaziy Osiyoda OIV-1 molekulyar epidemiologiyasi boʻyicha adabiyotlarning analitik sharhi oʻtkazildi; MEN imkoniyatlarini koʻrsatish uchun pol/int regioni boʻyicha subtipni va dori-darmonlarga chidamlilik mutatsiyalarini aniqlash bilan 151 namunani sekvenslashning (2025 y.) o‘z ma'lumotlari keltirildi. Natijalar. Mintaqadagi epidemiyaning molekulyar landshafti CRF02_AG rekombinant shakli va A6 sub-subtipining ustunligi, shuningdek noyob rekombinantlar ulushining ortib borishi bilan belgilanadi; o`z namunasida CRF02_AG ulushi 49,3%, A6 - 38,7%, URF - 12,0% ni tashkil etdi. MEN yuqish tarmoqlarini aniqlash, kasalxona ichi o‘choqlarini tergov qilish, dori-darmonlarga chidamlilikni monitoring qilish va dasturlar samaradorligini baholash imkonini beradi. Xulosa. Intensiv migratsiya oqimlari zonasida joylashgan Oʻzbekiston uchun MEN ni institutsionalizatsiya qilish amaliy zaruriyat boʻlib, bu protseduralarni me'yoriy mustahkamlashni, laboratoriya salohiyatini kuchaytirishni va konfidensiallik tamoyillariga rioya qilishni talab qiladi.

Naşr qilingan

2026-09-30

Maqoladan iqtibos keltiriş

Yuldashev, T.-M., Sherqulov, F., Yuldashev, K., Yuldasheva, S., & Umirov, S. E. (2026). OIV-INFEKSIYASI BO‘YICHA MOLEKULYAR-EPIDEMIOLOGIK NAZORAT: ZAMONAVIY IMKONIYATLAR VA SOG`LIQNI SAQLASH TIZIMI UCHUN AHAMIYATI. Özbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologiya Va Jamoat Salomatligi Xizmati Ilmiy-Amaliy Jurnali, 2(2-3), 54–62. https://doi.org/10.62209/sewphc/art50177