SURUNKALI BRUTSELLOZ BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA ANTIBIOTIK BILAN BOG‘LIQ IChAK DISBIOZINI ADYUVANT KORREKSIYaLASh
DOI:
https://doi.org/10.62209/sewphc/art50173Kalit sözlar:
surunkali brutsellyoz, ichak disbiozi, ichak mikrobiotasi, Baktisubtil, probiotik terapiya, antibakterial davolashAnnotatsiya
Mazkur tadqiqotda ikkilamchi surunkali brutsellyoz shakllari bilan ogʻrigan bemorlarda ichak mikrobiotasi tarkibidagi oʻzgarishlar oʻrganildi hamda qoʻshimcha probiotik korreksiyaning klinik samaradorligi baholandi. Surunkali brutsellyoz bilan kasallangan bemorlar klinik kuzatuv ostiga olinib, kombinatsiyalangan antibakterial terapiya davomida ularning ichak mikroflorasi holati tahlil qilindi. Ayniqsa, uzoq muddatli etiotrop davolash natijasida yuzaga keladigan dizbiotik oʻzgarishlarga alohida e'tibor qaratildi. Olingan natijalar shuni ko`rsatdiki, standart davolashga Baktisubtil preparatini qoʻshimcha kiritish klinik belgilar regressiyasining tezlashishiga hamda ichak mikrob muvozanatining tiklanishiga sezilarli darajada yordam berdi. Qoʻshimcha probiotik terapiya olgan bemorlarda asosiy klinik simptomlar ertaroq bartaraf boʻlgani kuzatildi, bu esa surunkali brutsellyozni kompleks davolashda ichak mikrobiotasini korreksiyalashning muhim ahamiyatini tasdiqlaydi. Aniqlangan farqlar statistik jihatdan ishonchli boʻldi (P<0,05).
Yuklab olişlar
Naşr qilingan
Maqoladan iqtibos keltiriş
Son
Bölim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали

Uşbu material quyidagi litsenziya asosida tarqatiladi: Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.