Mehmonxonalardagi asosiy xonalarni uchuvchi organik birikmalar bilan ifloslanishini tahliliy monitoringi

Mualliflar

  • Iskandarova Guzal Tulkinovna Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Tashkent, Uzbekistan
  • Kalbaeva Ulbosin Shinibay kizi Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Tashkent, Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.62209/sewphc/art50171

Kalit sözlar:

yopiq xonalar havosi, uchuvchi organik birikmalar, ichki muhit sifati, gigiyenik baholash, ventilyatsiya, mikroiqlim, inson salomatligi

Annotatsiya

Yopik xonalar xavosidagi uchuvchi organik birikmalar (UOB) inson salomatligiga ta’sir etuvchi asosiy kimoviy omillardan biri xisoblanadi. Ushbu maqolada UOBning asosiy manbalari — qurilish materiallari, maishiy kimyo vositalari, mebel, polimer qoplamalar, ventilyatsiya tizimlari hamda inson faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, ularning xona ichki muhitida to‘planish mexanizmlari, tarqalish xususiyatlari va sanitariya-gigiyenik baholash mezonlari yoritilgan. Yopiq muhitdagi uchuvchi organik birikmalarning nafas olish tizimi, allergik reaksiyalar, nevrologik holatlar va umumiy ish qobiliyatiga bo‘lgan ta’siri tahlil qilinib, profilaktik chora-tadbirlar hamda optimal ventilyatsiya va monitoring usullari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari turar-joy, mehmonxona va tibbiyot muassasalarida sog‘lom mikroiqlimni ta’minlash uchun amaliy ahamiyatga ega.

Naşr qilingan

2025-05-03

Maqoladan iqtibos keltiriş

Iskandarova, G. T., & Kalbaeva, U. S. kizi. (2025). Mehmonxonalardagi asosiy xonalarni uchuvchi organik birikmalar bilan ifloslanishini tahliliy monitoringi. Özbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologiya Va Jamoat Salomatligi Xizmati Ilmiy-Amaliy Jurnali, 1(1), 25–35. https://doi.org/10.62209/sewphc/art50171