ODAM PAPILLOMA VIRUSINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA O‘SMA KASALLIKLARI

Авторы

  • O'tkirjon Yodgorov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
  • Jamilya Raxmanova Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
  • Shaxnoza Tashpulatova Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Аннотация

Odam papilloma virusi (OPV) terida va shilliq pardalarda joylashuvchi keng tarqalgan va 200 dan ortiq shtammlardan iborat bo‘lgan virus guruhidir. Ular teri orqali kontaktda bo‘lganda va asosan jinsiy aloqa paytida yuqadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda odam papilloma virusining 200 dan ortiq turlari mavjud bo‘lib, ulardan taxminan 30 tasi jinsiy a’zolarning o‘sma kasalligiga olib kelishi mumkin. Odam papillomasi virusining 14 ta turi onkogen hisoblanib, o‘sma kasalligini keltirib chiqarishi ehtimolligi yuqori hisoblanadi va bu borada odam papilloma virusining 16 va 18-turlari ayollarda 70% holatda bachadon bo‘yni o‘sma kasalligini keltirib chiqarishi bilan xavfli hisoblanadi. Erkaklar ham xavf guruhiga kiradi, virusning yuqori onkogen turlari erkaklarda burun-xalqum, jinsiy va boshqa a’zolar o‘sma kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Virusga duchor boʻlgandan keyin 12-24 oy ichida OPV infeksiyalarining 90% yoʻqoladi yoki faol boʻlmaydi. Ammo, yuqori xavfli OPV infeksiyalari organizmda saqlanib qoladi va bu ayollar va erkaklar orasida o‘sma kasalligining paydo bo‘lish xavfini oshiradi.

Загрузки

Опубликован

2025-09-11

Как цитировать

Yodgorov, O., Raxmanova, J., & Tashpulatova, S. (2025). ODAM PAPILLOMA VIRUSINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA O‘SMA KASALLIKLARI. Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали , (2), 114–118. извлечено от http://jurnal.sanepidrc.uz/index.php/sanepid/article/view/142