OIV BILAN KASALLANISH FONIDA DIAREYA YUZAGA KELISHI SABABLARI VA KECHISHINING BEMORLAR HAYOT SIFATIGA TA’SIRINI TAHLILIY BAHOLASH

Авторы

  • Dilfuza Fayzullayeva Respublika OITSga qarshi kurash markazi
  • Zulxumor Berdiyeva Respublika OITSga qarshi kurash markazi, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti
  • Nurjamol Ormonova Respublika OITSga qarshi kurash markazi

Аннотация

OIV nafaqat tibbiy balki global ijtimoiy va iqtisodiy muammo bo‘lib, ushbu virus bilan kasallanish miqdori yildan yilga ortib bormoqda. RQTda erishilgan yutuqlar sababli kasallikning surunkali shaklga o‘tishi, bemorlar hayot davomiyligining ortishi bilan bir qatorda ko‘plab asoratlarning ham shakllanishi kuzatilmoqda. OIV bilan og‘rigan bemorlarning aksariyat qismida diareya kuzatiladi va bu ularning faqatgina hayot sifatiga ta’sir qilib qolmasdan RQTga rioya qilishga salbiy ta’sir qiladi. Ma’lumki, OIV bilan kasallangan bemorlarda protozoa, zamburug‘lar, viruslar va bakteriyalar kabi ko‘plab opportunistik yuqumli agentlar diareyani keltirib chiqaradigan sababar sifatida e’tirof etiladi. RQTdan global foydalanish orqali opportunistik yuqumli agentlardan kelib chiqqan diareya darajasi kamaygan bo‘lsada, yuqumli bo‘lmagan diareya darajasi tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan, OIV kasalligiga bemorlarda diareyaning yuzaga kelish sabablari, mexanizmini hamda OIV fonida diareya kechishining bemorlar hayot sifatiga ta’sirini qisqacha tahlil qilish asosiy maqsadi hisoblanadi. OIV mavjud bemorlarda diareyani tashxislash algoritmi sifatida anamnez, fizikal tekshiruv, OIV virusi yuki va CD4+ T-limfotsitlar miqdorini baholash, najasni mikrobiologik tekshirish va endoskopik tekshiruvlar amalag oshiriladi. Mikrobiologik tahlillarda yuqumli agentlar aniqlanmagan bemorlarda davolash strategiyasini amalga oshirishda yuqumli bo‘lmagan diareya ehtimolligini inobatga olgan holda yuqumli bo‘lmagan diareyani davolashning farmakologik usullari qo‘llab-quvvatlanadi. Hozirgi vaqtda antisekretor crofelemer vositalar rivojlangan mamalakatlarda RQT o‘z vaqtida samarali qo‘llanilgan OIV bilan kasallangan bemorlarda yuqumli bo‘lmagan diareya alomatlarini bartaraf etishda tasdiqlangan yagona terapiya hisoblanadi.

Загрузки

Опубликован

2025-09-11

Как цитировать

Fayzullayeva , D., Berdiyeva , Z., & Ormonova, N. (2025). OIV BILAN KASALLANISH FONIDA DIAREYA YUZAGA KELISHI SABABLARI VA KECHISHINING BEMORLAR HAYOT SIFATIGA TA’SIRINI TAHLILIY BAHOLASH. Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали , (2), 56–64. извлечено от http://jurnal.sanepidrc.uz/index.php/sanepid/article/view/133