MASS-SPEKTROMETRIYA (GX-MS) BILAN GAZ XROMATOGRAFIYASIDAN FOYDALANGAN HOLDA MEVA VA SABZAVOT MAHSULOTLARIDA PESTITSIDLARNING IZ (MIKRO) MIQDORINI ANIQLASH UCHUN KO‘P QOLDIQLI USULNI VALIYADATSIYA QILISH.
DOI:
https://doi.org/10.62209/sewphc/art50151Kalit sözlar:
meva va sabzavot mahsulotlari, pestitsidlar qoldiq miqdorlari, GX-MS usuli, QuEChERS, SANTEAnnotatsiya
Ushbu tadqiqotda SANTE/11312/2021 qo‘llanmasiga muvofiq “tomat” va “quritilgan uzum” namunalarini tayyorlash tartibi taqdim etilgan. Namunalar QuEChERS CEN usuli yordamida olingan hamda bir necha qoldiqli EURL-FV usulda tavsiflangan protokolga muvofiq, dispersiyali qattiq fazali ekstraksiya (d.SPE) usuli bilan tozalangan. Ushbu metodologiya Yevropa komissiyasining DG-SANTE (SANTE/11312/2021) va Yevropa standartlashtirish qo‘mitasining (EN 15662, 2018) qo‘llanma tamoyillariga muvofiq tekshirilgan bo‘lib, bu maqbul tahliliy parametrlarga ega bo‘lish imkonini berdi. O‘rganilayotgan barcha birikmalar a’lo chiziqli javob ko‘rsatdi (ulardan 25%-i R2>0,990 dan yuqori, 74%-i R2>0,995 dan yuqori) va faqat bitta birikma, “bifentrin”, 1% da R2 < 0,990 dan past bo‘lgan chiziqli javob bergan. Barcha qoldiq qiymatlar (qayta hisoblangan kontsentratsiyalar) SANTE tavsiyalarida ko‘zda tutilgan qiymatning 20% chegarasida, kalibrlash diapazoni 0,002 mg/kg dan (45%), 0,005 mg/kg dan (54%) yoki 0,01 mg/kg dan (1%) 0,100 mg/ kg gacha bo‘lgan. Usulning qo‘llanilishi sifat nazoratining uch darajasida aniqlandi va ko‘rsatilgan reprezentativ birikmalar uchun maqbul bo‘lib chiqdi, bu esa nisbiy standart og‘ish %ni < 10% ni berdi. Umuman olganda, unumdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, belgilangan QuEChERS CEN usuli yordamida namunalar tayyorlashda foydalanilgan GX-MS (“Agilent 7898/59778” modeli) normativ qoldiqlar doirasida “tomat” va “quritilgan uzum” dagi 22 ta pestitsidning qoldiq miqdorini aniqlash uchun mos keladi.
Yuklab olişlar
Naşr qilingan
Maqoladan iqtibos keltiriş
Son
Bölim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали

Uşbu material quyidagi litsenziya asosida tarqatiladi: Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.