ZOONOZ TERI LESHMANIOZI KASALLIGINING TABIIY O’CHOQLARINING EPIDEMIOLOGIK MONITORINGI VA PROFILAKTIKA CHORALARINING HOLATI
Ключевые слова:
zoonoz teri leyshmaniozi, endemik mintaqa, zoonoz teri leyshmaniozining tarqalishi, tabiiy o’choq, immun qatlamАннотация
Ushbu tadqiqotda zoonoz teri leshmaniozi bo’yicha tabiiy o’choqli hudud bo’lgan Qashqadaryo viloyati aholisi orasida teri leyshmaniozining tarqalishini epidemiologik tahlili natijalari keltirilgan. 2012 yildan 2025 yilgacha bo'lgan davrda zoonoz teri leyshmaniozi holatlari tahlil qilindi. To'plangan ma'lumotlar asosida, ushbu davrda viloyatda zoonoz teri leyshmaniozi bilan kasallangan 781 nafar bemor ro'yxatga olinganligi aniqlandi. Epidemiologik ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, viloyatda zoonoz teri leyshmaniozining tarqalishi beqaror, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadigan qonuniyatlar bilan tavsiflanadi. 2019 yildan boshlab kasallik ko’rsatkichlarini o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Eng yuqori keng ko'lamli ko'rsatkich 2024 yilda 100 000 aholiga 3,0 tani, eng pasti - 2018 yilda 100 000 aholiga 0,7 tani tashkil etdi. Kasallikning turli yillar va mintaqalar bo'yicha notekis taqsimlanishi, aftidan, zoonoz teri leyshmaniozining tarqalishining epidemiologik manzarasiga ta'sir qiluvchi ijtimoiy va ekologik omillarning o'ziga xos xususiyatlari va kasallikning tabiiy o’choqlaridagi qo’zg’atuvchining rezervuarlari bo’lgan katta dala qum kalamushlari, hamda kasallikni yuqtiruvchi isroptoparlarga qarshi profilaktik tadbirlarni hajmi va sifati bilan bog'liq.
Загрузки
Опубликован
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2026 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial» («Атрибуция — Некоммерческое использование») 4.0 Всемирная.