Perimenopauza davridagi ayollarda osteoporozning klinik-diagnostik xususiyatlari va uni erta aniqlash usullari
Keywords:
Kalit so'zlar: osteoporoz, perimenopauza, suyak mineral zichligi, estradiol, paratgormon, diagnostika.Abstract
JSST ma'lumotlariga ko'ra, osteoporoz noinfeksion kasalliklar orasida nogironlik va o'lim sababi bo'yicha to'rtinchi o'rinni egallaydi. Ushbu maqolada perimenopauza davridagi 62 nafar ayolda o'tkazilgan tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida bemorlarning gormonal holati, kalsiy va D vitamini almashinuvi hamda suyak zichligi ko'rsatkichlari o'rganildi. Olingan natijalar asosida osteoporoz xavfini erta aniqlash imkonini beruvchi 10 parametrli prognoz shkalasi ishlab chiqildi.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати журнали

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.