IN’YEKSION NARKOTIK ISTE’MOL QILUVCHILAR ORASIDA OIV EPIDEMIYASI JARAYONINING NAMOYON BO‘LISHI

Authors

  • Mohigul Musabekova Республиканский Центр по борьбе со СПИДом
  • Nurmat Atabekov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

Abstract

Davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida aholining OIV yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan asosiy guruhlari o‘rtasida ushbu infeksiyasining oldini olishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. OIV infeksiyasining jinsiy yo‘l bilan yuqish hissasi ortishiga qaramay, epidemiya asosiy populyatsiyalarda to‘plangan bo‘lib, in’yeksion narkotik iste’mol qiluvchilar orasida OIV sezilarli darajada tarqalganligicha qolmoqda. Dozorli epidemiologik nazorat (DEN) ma'lumotlariga ko‘ra xavf guruhlari o‘rtasidagi vaziyatning tahlili OIV infeksiyasi tarqalishining kamayganligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, in’yeksion narkotik iste’mol qiluvchilar orasida ijobiy dinamikaga qaramay, ular OIV infeksiyasining yangi holatlarining salmoqli qismini tashkil etishda davom etmoqda. 2013-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davrda respublikada in’yeksion narkotik iste’mol qiluvchilar orasida infeksiyani jinsiy yo‘l bilan yuqtirishning ortish tendensiyasi kuzatildi.

Published

2025-09-11

How to Cite

Musabekova, M., & Atabekov, N. (2025). IN’YEKSION NARKOTIK ISTE’MOL QILUVCHILAR ORASIDA OIV EPIDEMIYASI JARAYONINING NAMOYON BO‘LISHI . Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати журнали , (2), 65–70. Retrieved from https://jurnal.sanepidrc.uz/index.php/sanepid/article/view/137