O‘QUVCHILAR VA OTA-ONALARNING SOG‘LOM OVQATLANISH HAQIDAGI BILIM DARAJASI

Mualliflar

  • Kamilova R.T. Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, Oʻzbekiston
  • Sadirhodjayeva N.S. Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, Oʻzbekiston
  • Isakova Lola Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, Oʻzbekiston

DOI:

https://doi.org/10.62209/sewphc/art50128

Kalit sözlar:

sogʻlom ovqatlanish, xabardorlik, koʻnikmalar, ovqatlanish odatlari, umumta’lim muassasalari, ota-onalar, oʻquvchilar

Annotatsiya

Maqolada maktab oʻquvchilari va ota-onalarning sogʻlom ovqatlanish tamoyillari to‘gʻrisida bilim darajasini baholash keltirilgan. Ushbu tadqiqotning dolzarbligi oʻquvchilar oʻrtasida notoʻgʻri ovqatlanish holatlarining koʻpligi va ota-onalar bilim darajasining pastligi bilan bogʻliq. Tadqiqot maqsadi: oʻquvchilar va ota-onalar orasida sogʻlom ovqatlanishning asosiy tamoyillari haqidagi bilim darajasini aniqlash. Tadqiqot materiallari va usullari: Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining 335 nafar oʻquvchilari, shuningdek, ota-onalar o‘rtasida maxsus ishlab chiqilgan anketadan foydalangan holda suhbatlar o‘tkazildi. Olingan natijalar: maktab oshxonasida turli shaklda tashkil etilgan oʻquvchilar va ota-onalar orasida sogʻlom ovqatlanishning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida bilim darajasi qiyosiy baholandi: issiq ovqat tashkil etilgan umumta’lim maktab oʻquvchilari va ota-onalar oʻrtasida bilim darajasi yuqoriligi aniqlandi; ota-onalarning sogʻlom ovqatlanish haqidagi bilim darajasi va oʻquvchilarda sogʻlom ovqatlanish odatlarini rivojlantirish issiq ovqat tashkil etilgan umumta’lim maktabini tanlash bilan bogʻliqligi aniqlandi; ota-onalar va oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanish asoslari boʻyicha bilim darajasini oshirish zarurati qayd etildi; oʻquv jarayonining barcha manfaatdor tomonlarini (tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar, ota-onalar va oʻquvchilar) jalb qilingan holda keng koʻlamli profilaktika ishlarini olib borish uchun ishlab chiqilgan va tasdiqlangan oʻquv dasturidan foydalanish tavsiya etiladi. Xulosa: ota-onalar va oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirishga katta ehtiyoj bor. Tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar, ota-onalar va oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish odatlarini shakllantirish uchun muntazam ravishda mashgʻulotlar oʻtkazilishi kerak.

Yuklab olişlar

Naşr qilingan

2024-01-26

Maqoladan iqtibos keltiriş

Kamilova, R., Sadirhodjayeva, N., & Isakova, L. (2024). O‘QUVCHILAR VA OTA-ONALARNING SOG‘LOM OVQATLANISH HAQIDAGI BILIM DARAJASI. Özbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologiya Va Jamoat Salomatligi Xizmati Ilmiy-Amaliy Jurnali, 3(3-4). https://doi.org/10.62209/sewphc/art50128

Son

Bölim

Original maqolalar