SARS-COV-2 NING OMICRON-DELTA SHTAMMLARIGA QARSHI REKOMBINANT VAKSINANING KLINIK SINOVI NATIJALARI
DOI:
https://doi.org/10.62209/sewphc/art50122Kalit sözlar:
SARS-CoV-2, Omikron-Delta shtammlari, rekombinant vaksina, klinik tadqiqotAnnotatsiya
Ushbu maqolada 18 va undan katta yoshdagi odamlarda SARS-CoV-2 virusining Omikron-Delta shtammiga qarshi rekombinant oqsilli vaksina immunogenligi va xavfsizligini baholash uchun randomizatsiyalangan, yashirilgan, musbat nazoratli klinik sinov natijalari haqida maʼlumot berilgan. Tadqiqotda jami 400 nafar koʻngilli ishtirok etdi, eksperimental va nazorat guruhlarida 150 nafar va kuzatish guruhida esa 100 nafar koʻngilli qatnashdi. Kuzatuv guruhidagi neytrallashtiruvchi antitanachalar miqdori buster emlashdan 14 kun oʻtgach, avvalgi emlash bilan solishtirganda sezilarli darajada yuqori boʻlib, bu emlashni tugatgan odamlar uchun SARS-CoV-2 ning Omikron-Delta shtammlariga qarshi rekombinant oqsil vaksinasining bir dozasi bilan emlash yuqori samarali ekanligini koʻrsatdi. Koronavirus mRNK ga qarshi yangi vaksina bilan 4 oydan ortiq vaqt davomida asosiy immunizatsiya ham organizmda prototip shtammi, Delta va Omikron shtammlariga (BA.1, BA.4/5) qarshi ijobiy gumoral immun javob berishga tayyoerlashi mumkin. Tadqiqot davrida amalga oshirilgan barcha xavfsizlik baholashlari vaksinaning yuqori darajada xavfsiz ekanligini koʻrsatdi. Vaksinadan keyin xabar qilingan salbiy reaksiyalar yengil va vaqtinchalik edi. Amaliy sogʻliqni saqlashda Omikron-Delta shtammining yuqori samarali va xavfsiz yangi koronavirus oqsiliga qarshi vaksinasidan foydalanish istiqbolli hisoblanadi.
Yuklab olişlar
Naşr qilingan
Maqoladan iqtibos keltiriş
Son
Bölim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2024 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати журнали

Uşbu material quyidagi litsenziya asosida tarqatiladi: Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.