BRONXOPULMONER PATOLOGIYASI BOʻLGAN BOLALARDA CD4 + LIMFOTSITLAR DARAJASI VA VIRUSLI YUK
DOI:
https://doi.org/10.62209/sewphc/art50119Kalit sözlar:
OIV, CD4+ limfotsitlar, spirometriya, virus yuklamasi, bolalar bronx-o‘pka patologiyasiAnnotatsiya
Davolanishni oʻz vaqtida boshlash, balogʻat yoshiga yetganida CD4+ limfotsitlar sonini normallashtirish uchun juda muhimdir. Davom etayotgan virus replikatsiyasi nafas yoʻllarining retsidivlanuvchi virusli va bakterial infeksiyalari, shuningdek, surunkali pnevmoniya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Materiallar va usullar. Biz 5 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan, odamning immunitet tanqisligi virusiga (OIV) chalingan 179 nafar bolani spirometriyadan oʻtkazdik. Barcha bolalarni tajribamiz ishonchliligini tekshirish maqsadida asosiy va solishtirma guruhlarga shartli ravishda boʻldik. Kasallik tarixidan CD4+ limfotsitlar soni va virus yuklamasi (OIV RNK) natijalarini analiz qildik. Natijalar. Bolalarning oʻrtacha yoshi 15,9 ± 1,84 tashkil etdi. 106 nafari (59,2%) o‘g‘il bolalar. Guruhlardagi bolalar yoshi va boʻyi deyarli farqlanmadi. Bronx-o‘pka patologiyasi boʻlgan bolalarda CD4+ limfotsitlar soni kamroq (M=451, p=0,058), foizda (M=20,8%, p=0,046), ogʻir immunitet tanqisligi (24,2%, p=0,009; shanslar nisbati 3,5 (ishonchlilik chegaralar 1,32-9,63, p=0,02)) va virus yuklamasi >1000 nusxa/mkl (27,3%, p=0,099) bo’lgan bolalar ko‘proq uchradi. Xulosa. Bronx-o‘pka patologiyasi boʻlgan bolalarda CD4+ limfotsitlar soni sezilarli darajada kamayadi; ogʻir immunitet tanqisligi va virus yuklamasi > 1000 nusxa/mkl boʻlgan bolalar foizi koʻproq.
Yuklab olişlar
Naşr qilingan
Maqoladan iqtibos keltiriş
Son
Bölim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2024 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати журнали

Uşbu material quyidagi litsenziya asosida tarqatiladi: Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.