KO‘P TOMIRLI BUYRAK TRANSPLANTATSIYASIDA TROMBOZ VA ISHEMIK ASORATLARNING OLDINI OLISH

Mualliflar

  • Ongarbayeva Gulasel Toshkent davlat tibbiyot universiteti
  • Akbarov Mirshavkat Toshkent davlat tibbiyot universiteti
  • Irisov Ortikali Toshkent davlat tibbiyot universiteti

DOI:

https://doi.org/10.62209/sewphc/art50162

Kalit sözlar:

buyrak transplantatsiyasi, bir nechta arteriyalar, tromboz, transplantat ishemiyasi, qon tomir asoratlari, profilaktika, qon tomir rekonstruksiyasi

Annotatsiya

Bir nechta arteriyali buyraklarni ko‘chirib o‘tkazish klinik amaliyotda tez-tez uchraydigan holat bo‘lib, bu yurak-qon tomir asoratlari xavfi yuqoriligi tufayli alohida e’tiborni talab etadi. Bunday anatomik xususiyat tromboz va transplantatning ishemik shikastlanishi ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Hozirgi klinik maʼlumotlarga koʻra, donor buyraklarning 30 % gacha boʻlgan qismi bir nechta arteriyalarga ega, bu esa standart jarrohlik va keyingi davolash protokollarini qayta koʻrib chiqishni talab qiladi. Transplantatsiyaga boʻlgan talabning ortib borayotgani va har bir donor aʼzosidan maksimal darajada foydalanish zarurati ushbu asoratlarning oldini olish bo‘yicha strategiyalarni chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Ushbu sharh maqolada ko‘p arteriyali buyraklarning anatomik xususiyatlari, qon tomir tizimini baholash usullari, xavf omillarini aniqlash tizimlari, shuningdek tromboz va ishemiya profilaktikasiga qaratilgan jarrohlik va farmakologik yondashuvlar keltirilgan. Ayniqsa, bir nechta arteriyalar mavjud bo‘lgan hollarda operatsion taktikani modifikatsiya qilish – tomir anastomozining ketma-ketligi va texnikasini tanlash – masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Sharh Braga va hammualliflari [6], shuningdek Bessede va hammualliflari [5] tomonidan olib borilgan zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, buyrak transplantatsiyasida murakkab tomir anatomiyasi mavjud bo‘lgan bemorlar bilan ishlashda kompleks yondashuv zarurligini ta’kidlaydi.

Yuklab olişlar

Naşr qilingan

2025-09-11

Maqoladan iqtibos keltiriş

Ongarbayeva, G., Akbarov, M., & Irisov, O. (2025). KO‘P TOMIRLI BUYRAK TRANSPLANTATSIYASIDA TROMBOZ VA ISHEMIK ASORATLARNING OLDINI OLISH. Özbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologiya Va Jamoat Salomatligi Xizmati Ilmiy-Amaliy Jurnali, (2), 97–106. https://doi.org/10.62209/sewphc/art50162