OIV BILAN KASALLANISH FONIDA DIAREYA YUZAGA KELISHI SABABLARI VA KECHISHINING BEMORLAR HAYOT SIFATIGA TA’SIRINI TAHLILIY BAHOLASH
DOI:
https://doi.org/10.62209/sewphc/art50158Kalit sözlar:
Retrovirusga qarshi terapiya, OITS, CD4+ T-limfotsitlar, mikrobiologik tahlil, opportunistik yuqumli agentlar, OIV enteropatiyasiAnnotatsiya
OIV nafaqat tibbiy balki global ijtimoiy va iqtisodiy muammo bo‘lib, ushbu virus bilan kasallanish miqdori yildan yilga ortib bormoqda. Retrovirusga qarshi terapiyada (RQT) erishilgan yutuqlar sababli kasallikning surunkali shaklga o‘tishi, bemorlar hayot davomiyligining ortishi bilan bir qatorda ko‘plab asoratlarning ham shakllanishi kuzatilmoqda. OIV bilan og‘rigan bemorlarning aksariyat qismida diareya kuzatiladi va bu ularning faqatgina hayot sifatiga ta’sir qilib qolmasdan RQTga rioya qilishga salbiy ta’sir qiladi. Ma’lumki, OIV bilan kasallangan bemorlarda protozoa, zamburug‘lar, viruslar va bakteriyalar kabi ko‘plab opportunistik yuqumli agentlar diareyani keltirib chiqaradigan sababar sifatida e’tirof etiladi. RQTdan global foydalanish orqali opportunistik yuqumli agentlardan kelib chiqqan diareya darajasi kamaygan bo‘lsada, yuqumli bo‘lmagan diareya darajasi tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan, OIV kasalligiga bemorlarda diareyaning yuzaga kelish sabablari, mexanizmini hamda OIV fonida diareya kechishining bemorlar hayot sifatiga ta’sirini qisqacha tahlil qilish asosiy maqsadi hisoblanadi. OIV mavjud bemorlarda diareyani tashxislash algoritmi sifatida anamnez, fizikal tekshiruv, OIV virusi yuki va CD4+ T-limfotsitlar miqdorini baholash, najasni mikrobiologik tekshirish va endoskopik tekshiruvlar amalga oshiriladi. Mikrobiologik tahlillarda yuqumli agentlar aniqlanmagan bemorlarda davolash strategiyasini amalga oshirishda yuqumli bo‘lmagan diareya ehtimolligini inobatga olgan holda yuqumli bo‘lmagan diareyani davolashning farmakologik usullari qo‘llab-quvvatlanadi. Hozirgi vaqtda antisekretor krofelemer vositalar rivojlangan mamlakatlarda RQT o‘z vaqtida samarali qo‘llanilgan OIV bilan kasallangan bemorlarda yuqumli bo‘lmagan diareya alomatlarini bartaraf etishda tasdiqlangan yagona terapiya hisoblanadi.
Yuklab olişlar
Naşr qilingan
Maqoladan iqtibos keltiriş
Son
Bölim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали

Uşbu material quyidagi litsenziya asosida tarqatiladi: Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.