MASS-SPEKTROMETRIYA (GX-MS) BILAN GAZ XROMATOGRAFIYASIDAN FOYDALANGAN HOLDA MEVA VA SABZAVOT MAHSULOTLARIDA PESTITSIDLARNING IZ (MIKRO) MIQDORINI ANIQLASH UCHUN KO‘P QOLDIQLI USULNI VALIYADATSIYA QILISH.

Mualliflar

  • Shamsutdinova Mavlyuda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
  • Voronina Natalya Toshkent davlat tibbiyot universiteti

DOI:

https://doi.org/10.62209/sewphc/art50151

Kalit sözlar:

meva va sabzavot mahsulotlari, pestitsidlar qoldiq miqdorlari, GX-MS usuli, QuEChERS, SANTE

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda SANTE/11312/2021 qo‘llanmasiga muvofiq “tomat” va “quritilgan uzum” namunalarini tayyorlash tartibi taqdim etilgan. Namunalar QuEChERS CEN usuli yordamida olingan hamda bir necha qoldiqli EURL-FV usulda tavsiflangan protokolga muvofiq, dispersiyali qattiq fazali ekstraksiya (d.SPE) usuli bilan tozalangan. Ushbu metodologiya Yevropa komissiyasining DG-SANTE (SANTE/11312/2021) va Yevropa standartlashtirish qo‘mitasining (EN 15662, 2018) qo‘llanma tamoyillariga muvofiq tekshirilgan bo‘lib, bu maqbul tahliliy parametrlarga ega bo‘lish imkonini berdi. O‘rganilayotgan barcha birikmalar a’lo chiziqli javob ko‘rsatdi (ulardan 25%-i R2>0,990 dan yuqori, 74%-i R2>0,995 dan yuqori) va faqat bitta birikma, “bifentrin”, 1% da R2 < 0,990 dan past bo‘lgan chiziqli javob bergan. Barcha qoldiq qiymatlar (qayta hisoblangan kontsentratsiyalar) SANTE tavsiyalarida ko‘zda tutilgan qiymatning 20% chegarasida, kalibrlash diapazoni 0,002 mg/kg dan (45%), 0,005 mg/kg dan (54%) yoki 0,01 mg/kg dan (1%) 0,100 mg/ kg gacha bo‘lgan. Usulning qo‘llanilishi sifat nazoratining uch darajasida aniqlandi va ko‘rsatilgan reprezentativ birikmalar uchun maqbul bo‘lib chiqdi, bu esa nisbiy standart og‘ish %ni < 10% ni berdi. Umuman olganda, unumdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, belgilangan QuEChERS CEN usuli yordamida namunalar tayyorlashda foydalanilgan GX-MS (“Agilent 7898/59778” modeli) normativ qoldiqlar doirasida “tomat” va “quritilgan uzum” dagi 22 ta pestitsidning qoldiq miqdorini aniqlash uchun mos keladi.

Yuklab olişlar

Naşr qilingan

2025-09-11

Maqoladan iqtibos keltiriş

Shamsutdinova, M., & Voronina, N. (2025). MASS-SPEKTROMETRIYA (GX-MS) BILAN GAZ XROMATOGRAFIYASIDAN FOYDALANGAN HOLDA MEVA VA SABZAVOT MAHSULOTLARIDA PESTITSIDLARNING IZ (MIKRO) MIQDORINI ANIQLASH UCHUN KO‘P QOLDIQLI USULNI VALIYADATSIYA QILISH. Özbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologiya Va Jamoat Salomatligi Xizmati Ilmiy-Amaliy Jurnali, (2), 21–27. https://doi.org/10.62209/sewphc/art50151