UMUMIY TASAVVUR: DENGE GEMORRAGIK ISITMASI
DOI:
https://doi.org/10.62209/sewphc/art50141Kalit sözlar:
Denge gemorragik isitmasi, Aedes chivinlari, tabiiy fokal arbovirus infeksiyasi, epidemiya, tashxis, profilaktikaAnnotatsiya
So‘nggi yillarda dunyoda denge isitmasi bilan kasallanish bo‘yicha epidemik vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 50 yil ichida denge kasalligi 30 barobar ko‘paygan va dunyoning 125 ta mamlakatida qayd etilgan. Kasallik har yili 50 dan 528 milliongacha insonga yuqadi va 10.000 dan 20.000 gacha odam shu kasallikdan vafot etadi. Bemorlarning 70%dan ortig‘i Birma, Indoneziya, Tailand va boshqa Janubiy-Sharqiy Osiyo (JShO) va Tinch okeanining g‘arbiy qismida qayd etilgan. Shu bilan birga, denge isitmasi endemik bo‘lgan JShO mamlakatlariga fuqarolarimizning tashrif buyurishi natijasida xalqaro turizm hajmi sezilarli darajada oshdi, bu esa virusning endemik hisoblangan mamlakatlardan uzoq hududlarga virusni yuqtirgan insonlarning ko‘chishi paytida (shu jumladan, inkubatsiya davrida) va yuqtirilgan vektorlarni (chivinlar orqali) boshqa hududga olib kirish bilan bog‘liq. Bularning barchasi ushbu kasallikning turli jihatlarini o‘rganishni dolzarbligini belgilaydi. Maqolada denge gemorragik isitmasi haqida kerakli ma’lumotlar va uning oldini olish bo‘yicha ba’zi tavsiyalar berilgan.
Yuklab olişlar
Naşr qilingan
Maqoladan iqtibos keltiriş
Son
Bölim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати журнали

Uşbu material quyidagi litsenziya asosida tarqatiladi: Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.