OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OIV-1 NING SIRKULYATSIYADAGI GENETIK VARIANTLARI: MOLEKULYAR-EPIDEMIOLOGIK TADQIQOT NATIJALARI
DOI:
https://doi.org/10.62209/sewphc/art50178Kalit sözlar:
OIV-1, molekulyar epidemiologiya, subtip, CRF02_AG, A6, dori-darmonlarga chidamlilik, sekvenslash, O'zbekistonAnnotatsiya
Maqsad. Namunalarni sekvenslash natijalari bo`yicha OITV-1 populyatsiyasining molekulyar-genetik tuzilishi va dori-darmonlarga chidamlilik profilini tavsiflash. Materiallar va usullar. 150 nafar bemorning ma'lumotlari tahlil qilindi, pol va int regionlari boʻyicha subtip hamda dori-darmonlarga chidamlilik mutatsiyalari aniqlandi. Natijalar. Pol regioni boʻyicha subtiplar tuzilishida CRF02_AG (49,3%) ustunlik qildi, undan keyin A6 subtipi (38,7%) va noyob rekombinant shakllar (URF, 12,0%) joylashdi. Asosiy yuqish yoʻli jinsiy (geteroseksual) yoʻl boʻldi (72,7%). Namunalarning 35,1% ida klinik ahamiyatga ega dori-darmonlarga chidamlilik aniqlandi, unda NNIOT (NNRTI) guruhiga chidamlilik mutatsiyalari ustunlik qildi (eng koʻp uchragani - K103N). Xulosa. Olingan ma'lumotlar ustun subtipning CRF02_AG tomon o`zgarganini, epidemik jarayonning faol rekombinatsiya bilan barqaror xarakter kasb etganini koʻrsatadi hamda dolutegravir asosidagi RQT sxemalariga oʻtishni tezlashtirish zarurligini asoslaydi.
Yuklab olişlar
Naşr qilingan
Maqoladan iqtibos keltiriş
Son
Bölim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2026 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали

Uşbu material quyidagi litsenziya asosida tarqatiladi: Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.