COVID-19 INFEKSIYASINING OGʻIR KECHUVIDA KOMORBID PATOLOGIYANING OʻRNI
DOI:
https://doi.org/10.62209/sewphc/art50118Kalit sözlar:
COVID-19, komorbidlik, komorbidlik indekslari, korrelyatsiya koeffitsiyentiAnnotatsiya
Respublika ixtisoslashtirilgan Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida 2021-yil iyul oyidan avgust oyigacha davolangan 286 nafar bemorlarning kasallik tarixi maʼlumotlarini retrospektiv tahlili asosida, Charlson boʻyicha komorbidlik indekslarini hisoblash usuli orqali tadqiqot oʻtkazildi. COVID-19 infeksiyasi ogʻir kechuvining xavf omillari oʻrganilib, komorbid patologiyaning oʻziga xos xususiyatlari aniqlandi. Tanlangan bemorlarda komorbid patologiya tarkibida yurak-qon tomir va siydik-ayiruv tizimi kasalliklari ustunlik qildi. Shuningdek, yosh koʻrsatkichlarining ortishiga parallel tarzda yuqoridagi aʼzolarda komorbidlik indeksi ballarining ortib borishi va kutilayotgan salbiy oqibatlar koʻrsatkichlarining yomonlashuvi - kompyuter tomografiyasi (KT) maʼlumotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqligi aniqlandi.
Yuklab olişlar
Naşr qilingan
Maqoladan iqtibos keltiriş
Son
Bölim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2024 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати журнали

Uşbu material quyidagi litsenziya asosida tarqatiladi: Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.