TOSHKENT SHAHRIDA ATMOSFERA HAVOSI IFLOSLANISHI VA YUQORI NAFAS YO‘LLARI KASALLIKLARI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK: ILMIY ADABIYOTLAR SHARHI
Аннотация
Ushbu adabiyotlar sharhida Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishining, xususan PM 2.5 zarrachalari, AQI ko‘rsatkichlari va meteorologik omillarning (harorat, namlik, yog‘ingarchilik) yuqori nafas yo‘llari kasalliklari (rinit, faringit, bronxit, tonzillit va boshqalar) bilan bog‘liqligiga oid xalqaro va mahalliy ilmiy tadqiqotlar tahlil qilingan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya kabi davlatlarda olib borilgan epidemiologik tadqiqotlar ushbu ifloslantiruvchilarning yuqori nafas yo‘llari kasalliklariga bevosita yoki bilvosita ta’sirini tasdiqlaydi. Biologik mexanizmlar sifatida PM 2.5 zarrachalarining epitelial to‘qimalarga kirib, oksidlovchi stress, yallig‘lanish mediatorlari ajralishi va immun tizim zaiflashuviga olib kelishi ko‘rsatilgan. Toshkent shahri misolida havo sifati va LOR kasalliklari bo‘yicha mavjud lokal tadqiqotlar tahlil qilinar ekan, monitoring tizimidagi kamchiliklar, statistik bog‘liqliklarni aniqlashdagi metodologik bo‘shliqlar ham yoritilgan. Sharh davomida xalqaro ilg‘or yondashuvlar (GIS, spatio-temporal modelling, kompleks gigiyenik indekslar) va O‘zbekistonda bu sohadagi amaliyot o‘rtasida mavjud tafovutlar aniqlanib, ilmiy-amaliy takliflar berilgan. Ushbu ish O‘zbekiston sharoitida atmosfera havosi ifloslanishi va sog‘liq o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur o‘rganishga xizmat qiladi hamda yangi tadqiqotlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Загрузки
Опубликован
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution-NonCommercial» («Атрибуция — Некоммерческое использование») 4.0 Всемирная.