PERIMENOPAUZA DAVRIDAGI AYOLLARDA OSTEOPOROZ RIVOJLANISHINI SONODENSITOMETRIK TEKSHIRISH KO‘RSATKICHLARI

Авторы

  • Muyassar Nazirova Toshkent davlat tibbiyot universiteti
  • Nodira Suleymanova Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Аннотация

Sonodensitometriya – suyak to‘qimalarining zichligi va ularning sinish ehtimolini aniqlashga xizmat qiluvchi diagnostik usuldir. Ushbu usul yordamida suyaklarning umumiy zichligi, tuzilishi hamda yuza qatlamining qalinligi aniqlanadi. Mazkur tadqiqot 54 nafar son suyagi proksimal uchining sinishi bo‘lgan bemorlar ishtirokida o‘tkazildi. Shulardan 26 nafari asosiy guruhga, 28 nafari esa nazorat guruhiga mansub edi. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 34 bemorda son suyagi bo‘yinchasi, 20 bemorda esa ko‘ndalang sinishlar aniqlangan. Deyarli barcha holatlarda suyak deformatsiyasi va osteoporoz kuzatildi. Zararlangan tomon oyoq-qo‘llarida suyak mineral zichligi (SMZ) pasayishi 35–59 yosh oralig‘ida bo‘lgan bemorlarning 54,5 % (T-score va Z-score o‘rtacha = -1,9), 60–70 yosh oralig‘ida esa 80 % (T-score va Z-score o‘rtacha = -1,2) aniqlangan. Davolashdan oldin T-score va Z-score ko‘rsatkichlari (o‘rtacha = -1,9) 60–70 yoshdagi bemorlarning 80 % keskin pasaygani kuzatildi. Biz olib borgan tekshiruv va davolash ishlari natijasida asosiy guruhda T-score va Z-score ko‘rsatkichlari o‘rtacha 1,2 dan 1,8 gacha, nazorat guruhida esa 1,0 dan 1,2 gacha yaxshilanganligi kuzatildi. SMZni tiklash samaradorligi bemorning jismoniy faolligiga bog‘liq bo‘lib, bu ko‘rsatkich son bo‘g‘imining asta-sekin mashq qilish va bemorning yurish faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.

Загрузки

Опубликован

2025-09-11

Как цитировать

Nazirova, M., & Suleymanova, N. (2025). PERIMENOPAUZA DAVRIDAGI AYOLLARDA OSTEOPOROZ RIVOJLANISHINI SONODENSITOMETRIK TEKSHIRISH KO‘RSATKICHLARI . Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиология ва жамоат саломатлиги хизмати илмий-амалий журнали , (2), 90–96. извлечено от http://jurnal.sanepidrc.uz/index.php/sanepid/article/view/136